O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Germaniyaning Dyusseldorf shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirdagi ishtirokidan so‘ng dunyo reyting jadvalida 49-o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
ATP reyting jadvalida esa hamon ispaniyalik Rafael Nadal karvonboshilik qilmoqda. Kuchli uchlikdan, shuningdek, Novak Jokovich (Serbiya) va Stanislas Vavrinka (Shveysariya) o‘rin egallagan.
Eslatib o‘tamiz, Denis Istomin 2012-yili dunyo reyting jadvalida 33-o‘ringa ko‘tarilgan va hozircha bu uning eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi.