Hindistonning Kerala shtatidagi yosh er-xotin o‘zlarining 11 oylik qizchasini parashyutda parvoz etishga majbur qildi. So‘ng ushbu hodisa muhrlangan videolavhani internetga joyladi. Bu haqda Mirror xabar berdi.

roditeli-zastavili-mesyachnogo-rebenka-poletat-na-parashyute-1

Foto: mirror.co.uk

Ushbu lavha internet foydalanuvchilari noroziligiga sabab bo‘ldi, mahalliy politsiya esa bolaga shafqatsiz munosabatda bo‘lish fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘adi.

Voqea guvohlarining aytishicha, parashyutga zanjir orqali mahkamlangan katerda o‘tirgan qizcha norozi ohangda qattiq yig‘lagan, parvoz chog‘ida esa vahima ichida oyoqchalarini tipirlatgan. Parashyut yerga qo‘ngach, ota-onasi uni tezda olib ketishgan.

Internetda yosh bolaning parvozi haqidagi video paydo bo‘lgach, Kerala shtatidagi inson huquqlari himoyasi bo‘yicha komissiya politsiyaga murojaat qilib, qizchaning ota-onasi va bunday “ko‘ngilochar mashg‘ulot” tashkilotchilariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atishni so‘ragan.