Yozda Samsung kompaniyasi smartfon funksionalligiga ega bo‘lgan “aqlli” soatlarini chiqaradi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.

02_Samsung-Galaxy-Gear-smartwatch

Foto: firstpost.com

Kutilayotgan qurilma smartfonga ulanmasdan turib ham kirish-chiqish qo‘ng‘iroqlarini amalga oshira oladi. Shuningdek, gadjet suratga tushirish, elektron pochta bilan ishlash funksiyalariga ega bo‘lib, GPS, Bluetooth va puls datchigi bilan jihozlanadi.

Strategy Analytics tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yilning birinchi choragida “aqlli” soatlar bozori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 250 foizga o‘sgan. Bunda Samsung 71% hissa bilan yetakchilik qilmoqda.