Ukraina prezidentligiga nomzodlardan biri — parlament deputati va oligarx Pyotr Poroshenko o‘z saylovoldi shtabi davomidagi matbuot anjumanida Qrimning Rossiyaga qo‘shilishini hamda Ukraina sharqidagi referendumlarni tan olmasligini ta’kidladi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

3743003

Pyotr Poroshenko xotini va o‘g‘li bilan. Foto: itar-tass.com

“Mamlakatimiz taraqqiyotining strategik tanlovi ukrain xalqi tomonidan amalga oshirilib bo‘ldi. 25-may kuni odamlar o‘z tanlovini qildi. Ushbu tanlov — Yevropa integratsiyasi”, — dedi u.

Poroshenko milliy eksit-poll (ovoz berib, saylov uchastkasidan chiqib ketayotgan fuqarolardan ijtimoiy xizmat xodimlari tomonidan olinadigan so‘rov)da 55,9% natija bilan g‘olib chiqqan. Uning asosiy raqibi “Batkivshchina” yetakchisi Yuliya Timoshenkodir. U “ukrainaliklar saylaydigan prezident urushni to‘xtatish va ukrainaliklarning barcha umidlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan hamma imkoniyatlarga ega” ekani haqida bayonot bergan edi.