AQSh xalqaro terrorchilikka qarshi kurash uchun besh milliard dollar ajratadi. Bu haqda Barak Obama Nyu-York shtatining Vest-Poynt harbiy akademiyasidagi nutqida ma’lum qildi, deya xabar berdi Euronews. Tuziladigan jamg‘arma Vashingtonga dunyo bo‘yicha aksilterror operatsiyalarni moliyalashtirish uchun manbalarni yo‘naltirishga imkon beradi.

130910_barack_obama_ap_605

Foto: politico.com

Obamaning aytishicha, ushbu mablag‘lar Yamandagi xavfsizlik kuchlari xodimlarini o‘qitish, Somalidagi ko‘pmillatli kuchlarni qo‘llab-quvvatlash, Liviyadagi chegara xizmati va xavfsizlik kuchlari xodimlarini o‘qitish bo‘yicha Yevropa ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va boshqa qator operatsiyalar uchun sarflanadi.

Obama o‘z nutqida, shuningdek AQShning ushbu xatti-harakati natijasida Rossiya yakkalanib qolganini ta’kidladi.

Bundan tashqari AQSh prezidenti mamlakatning jahon arenasida doimo yetakchi rolni o‘ynashi kerakligini ta’kidlab, “Qurollangan kuchlar ushbu yetakchilikning asosi bo‘ladi”, — dedi.