Donetskda chorshanba kuni yana otishmalar sodir bo‘ldi. Shahar osmonida harbiy aviatsiya paydo bo‘ldi. Xalq jangchilari esa o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashda davom etmoqda, deya xabar berdi Euronews.

606x340_268676

Foto: Euronews

Yuk mashinalari shinalar va qum solingan qoplarni keltirdi, kechga borib, shahar ko‘chalarida yangi barrikadalar qad ko‘tardi.

Nashr muxbirining xabar berishicha, barrikadalardagilar suratga olishga ruxsat bermayapti. “Ular operator va fotosuratchilarga avtomat bilan tahdid qilishdi. Shaharda qamal holati his qilinmoqda. Ayniqsa Donetsk xalq respublikasi jangarilari xavotirga tushmoqda”, — deb yozadi u.

Chorshanba kuni Donetsk konlarining uch mingga yaqin ishchilari harbiy harakatlarning davom etishiga qarshi “tinchlik marshi”ni o‘tkazishdi.

Shaharning markaziy maydonida konchilardan tashqari boshqa shaharliklar ham to‘planib miting o‘tkazishdi va Ukrainadan ajralib, alohida davlat tuzishni talab qilishdi.