Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Angela Merkel har yili Amerikaning Forbes jurnali tomonidan tuziladigan dunyoning eng nufuzli ayollari reytingida yana yetakchilik qildi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.

3746399

Foto: itar-tass.com

Reytingning ikkinchi pog‘onasini AQSh Federal zaxira fondi raisi Janet Yellen egalladi, u ro‘yxatga bu yil birinchi marta kiritildi. Uchinchi o‘rinda hamon Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geytsning rafiqasi — Melinda bormoqda, u oilaviy xayriya fondi raisdoshi hisoblanadi. Braziliya prezidenti Dilma Roussef o‘tgan yilgi ikkinchi pog‘onadan bu yil to‘rtinchi o‘ringa tushib qoldi. Eng nufuzli ayollar yuqori beshligini Xalqaro valyuta jamg‘armasi direktori Kristin Lagard yakunladi.

Reytingning eng yosh ishtirokchisi 28 yoshli qo‘shiqchi Ledi Gaga bo‘lsa, 88-yoshli Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ro‘yxatdagi eng keksa ayol bo‘ldi.

GFR kansleri eng nufuzli ayollar reytingini 2004-yildan buyon sakkizinchi bora boshqarmoqda.