Dushanba kuni madaniy va ma’rifiy tadbirlarga tashkilotchilik qilish bilan shug‘ullangan O‘zbekistondagi Fransiya Instituti yopilishi xabar qilindi. Toshkentdagi Fransiya elchixonasining Gazeta.uz’ga ma’lum qilishicha, muassasa yopilishiga Fransiya Instituti yuridik maqomining O‘zbekiston qonunchiligi bilan mos tushmasligi sabab bo‘lgan.

13624629951

Foto: UzReport

Institut pulli fransuz tili kurslarini taqdim etgan, ular o‘zbek tomoni bilan maqbul va uzoq muddatli yechim topish uchun 2014-yil 1-yanvaridan to‘xtatilgan.

Ayni paytda Fransiya va O‘zbekiston ishchi guruhlari o‘rtasida O‘zbekistondagi turli idoralar ishtirokida muzokaralar bormoqda. Xususan, Fransiya Alyansini qaytadan ochish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda.

Agarda alyans O‘zbekiston Adliya vazirligi qoshida nohukumat muassasa sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, u fransuz tili bo‘yicha kurslarni ham tiklashi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistondagi Fransiya Instituti 2011-yil bahorida 2002-yil yanvarida ochilgan Viktor Gyugo nomidagi Fransiya madaniyat markazi bazasida tashkil qilingan.