Nukusdagi Do‘stlik kanalining qirg‘oq hududlarida rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Qirg‘oq bo‘ylab bog‘ zonasi paydo bo‘ladi, deb yozadi Gazeta.uz

8TwCZ414017915555804_b

Foto: O‘zA

Kanal bo‘yidagi 2,5 kilometrga cho‘zilgan maydonda attraksionlar, umumiy ovqatlanish obyektlari, yashil hududlar, jumladan, yapon bog‘i, muzey va boshqa ko‘ngilochar inshootlar qad ko‘taradi.

Xabarda aytilishicha, rekonstruksiya qilinayotgan qirg‘oq hududi bo‘ylab 6 metrlik trotuarlar quriladi, u yerda velosipedchilar bemalol uchishi mumkin bo‘ladi.

Bog‘ hududi foydalanishga topshirilgach, kanalda sayr qilish uchun mo‘ljallangan katerlar qatnay boshlaydi.