Yanvar oyida muxlislari uchun “Kel” deb nomlangan konsertini taqdim etgan Lola konsert dasturining DVD diski tayyor bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Popcorn.uz xabar berdi.

Foto: popcorn.uz

Foto: popcorn.uz

Konsert o‘tkazilgach, videotasmalarga muhrlangan tasvirlar uzoq vaqt davomida montaj qilindi va muxlislarga taqdim etish uchun tayyor bo‘ldi. Kreativ va professional guruh bilan faoliyat olib boruvchi Lola bu safar ham konsert videodiskini taqdim etishga o‘zgacha yondashdi. Xonandaning litsenziyaga ega maxsus videodiskini shahardagi do‘konlardan topish mumkin, — deyiladi xabarda.