AQSh prezidenti Barak Obama payshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning yangi hukumatini tan olishi, ular bilan muzokaralarga kirishishi va Ukraina chegarasida “provokatsiya”larni to‘xtatishi kerakligini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

121204_barack_obama_ap_605

Foto: Reuters

“Janob Putin yaqin ikki, uch, to‘rt hafta ichida nimalar qilishini kuzatamiz, agar u hozirgi yo‘nalishda davom etsa, biz avvalroq tushuntirib bergan xatti-harakatlarimizni amalga oshirishga tayyor bo‘lamiz”, — deya sanksiyalarga ishora qildi Barak Obama G7 sammiti yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.

U shuningdek, Rossiya buyurtmasi bilan Fransiyada qurilayotgan Mistral vertolyot tashuvchi desant kemalarining Rossiyaga sotilishini qoralab chiqdi.

Putin juma kuni Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron hamda Fransiya va Germaniya yetakchilari bilan uchrashmoqchi.