2014-yil rus xalqining shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludining 215 yilligi nishonlanishi munosabati bilan poytaxtdagi shoir haykali poyida adabiy tadbir tashkil etildi. Bu haqda “Turkiston press” xabar berdi.

Toshkentdagi Pushkin haykali. Foto: gazeta.uz

Toshkentdagi Pushkin haykali. Foto: gazeta.uz

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi, Rus milliy madaniyati markazi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda taniqli shoir va yozuvchilar, yoshlar, she’riyat ixlosmandlari ishtirok etdi.

— Pushkin ijodi xalqlarni ezgulik yo‘lida birlashtirib, dillarni yoritib turadigan mayoqdir, — dedi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali. — Uning ijodiga avlodlar har doim murojaat qilaveradi. Chunki unda har kim o‘zini topadi. Aytish mumkinki, bugungi tadbir barcha ijodkorlarning ham bayramidir.

Tadbirda Pushkin ijodidan tarjimalar o‘qildi. Maktab o‘quvchilarining badiiy chiqishlari ham ishtirokchilarga manzur bo‘ldi.