Xitoy hukumati talablariga muvofiq, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Pekin va Urumchi reyslarida parvoz etuvchi yo‘lovchilarga Xitoy hududiga hayvon va o‘simlik mahsulotlarini bagaj va qo‘l yuki sifatida olib kirish taqiqlanadi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.

ERl-ER_Uzbekistan_Airways_enl

Foto: samuidays.ru

Ushbu talabga rioya qilmagan yo‘lovchilarga 50 ming yuan (taxminan 18 million 300 ming so‘m) miqdorida jarima solinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 1-yanvaridan Xitoy hukumati tomonidan mamlakat hududiga Кhat (Catha Edulis) psixotrop moddasi olib kirilishi taqiqlangan.