AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Facebook va Twitter’da ro‘yxatdan o‘tdi va o‘z sahifalarida bittadan xabar qoldirdi.

Image: Richard Engel interview CIA museum curator Toni Hiley

Foto: nbcnews.com

“Shu hafta MRB Twitter va Facebook’da rasmiy aakauntlar ochib, ijtimoiy tarmoqlardagi ishtirokini kengaytirdi”, — deyiladi maxsus xizmat press-relizida.

Twitter’da 6-iyun kuni paydo bo‘lgan ilk xabarda “Bu bizning birinchi tvitimiz ekanini na tasdiqlay olamiz, na rad eta olamiz” deyiladi (“noqulay” savollarga beriladigan standart javob shakliga hazilomuz ishora).

O‘sha kuni Facebook’ka joylangan birinchi post esa 1944-yil 6-iyunda Normandiyada aksilgitlerlik koalitsiyasining g‘arbiy a’zolari qo‘shinlarini tushirish operatsiyasida ishtirok etgan amerikaliklar xotirasiga bag‘ishlandi.

Avvalroq MRB Flickr fotobanki va YouTube videoxostingida ham o‘z akkauntlarini ishga tushirgan edi.