Yakshanba kuni Isroil prezidenti Shimon Peres va Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos Vatikanga tashrif buyurdi. Ular bu yerga Rim papasi Fransisk taklifi bilan yetib kelishdi. Fransisk avvalroq Quddusni ziyorat qilgan edi, deya xabar berdi Euronews.

606x340_269940

Foto: Euronews

Pontifik uchrashuvning tinch muzokaralar orqali “vositachilik uchun emas, birgalikdagi ibodat uchun” o‘tkazilayotganini ta’kidladi.

Ibodat Vatikan bog‘laridagi yalanglikda uch tilda o‘tkaziladi. Shundan so‘ng pontifik, Shimon Peres va Mahmud Abbos qisqa nutq so‘zlab zaytun daraxtini ekishadi.