Amerikalik taniqli pop-qo‘shiqchi Jennifer Lopes 12-iyun kuni San-Pauluda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati ochilish marosimida ishtirok etadi. Argentinaning Infobae.com sayti uning tadbirda qatnashishdan bosh tortgani haqidagi xabarlar “bemahal” bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Jennifer-Lopez-11

Foto: people.com

JCh-2014 madhiyasi Amerikalik repper Pitbul tomonidan Jennifer Lopes va braziliyalik xonanda Klaudiya Leytte ishtirokida kuylangan. Qo‘shiq We Are One deb nomlanadi. Avvalroq Lopes prodyuserlik bilan bog‘liq muammolar tufayli ochilish marosimiga kela olmasligi xabar qilingan edi.

Nashrning qo‘shiqchi vakillari so‘zlaridan iqtibos keltirishicha, “Jennifer o‘z muxlislarining ham, futbol ishqibozlarining ham hafsalasini pir qilmoqchi emas, shuning uchun u ochilish marosimiga boradi”.