JCh — 2010’da faoliyat olib borgan argentinalik hakam Ektor Baldassi bugungi Argentina — Shveysariya uchrashuviga aslida Ravshan Ermatov tayinlangani haqida aytib o‘tdi, deya xabar beradi Championat.asia.

Ravshan Ermatov. Foto: thetimes.co.uk

Ravshan Ermatov. Foto: thetimes.co.uk

Ma’lum bo‘lishicha, Baldassi ayni paytda Argentina parlamentida ishlab kelmoqda.

“Argentina — Shveysariya o‘yiniga dastlab Ravshan Ermatov tayinlangan edi. Biroq Argentina bunga qarshi chiqdi. FIFA bahsga shvetsiyalik hakamni tayinladi. Juda ham kamdan-kam uchraydigan holat. Shvetsiyalik hakamning professionalligi va bilimlariga shubha qilmayman. Lekin Yevropa jamoasi o‘ynayotganida nima uchun yevropalik hakamni tayinlashadi? Kimning yodida bo‘lmasa Ermatov 2010-yilda Argentina — Germaniya uchrashuvida ishlagan edi”, - deb yozadi Baldassi o‘z tvitterida.