AQShning Viskonsin shtatida istiqomat qiluvchi Lois Matkovski 2008-yil yo‘qolgan nikoh uzugini qidirib topolmagach, umidini uzgan edi. Bir necha kun avval o‘g‘ri uning iti ekanligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

O‘tgan hafta Lois farzandlari bilan dam olayotganda 10 yil avval sotib olingan Teyker laqabli it muzqaymoqni taxtachasi bilan yutib yuboradi. Ikki kun o‘tgach, Teyker ovqatini yeyolmay, yo‘taladi. Bundan xavotirlanib, itga yaqinlashgan Lois yerda o‘zining olti yil burun yo‘qolgan nikoh uzugini ko‘rib, boshi ko‘kka yetdi. 

Veterinar fikriga ko‘ra, muzqaymoq taxtachasi oshqozondagi uzukni qo‘zg‘alishiga sabab bo‘lgan.