“Real Sosyedad” darvozaboni Klaudio Bravo “Barselona”ga o‘tdi. Bu haqda kataloniyaliklarning rasmiy sayti xabar tarqatdi, deb yozadi Stadion.uz.

Foto: fcbarcelona.com

Foto: fcbarcelona.com

Chililik posbon bilan tuzilgan shartnoma to‘rt yilga mo‘ljallangan. Bugun, 7-iyun kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tgan Bravo yangi jamoada 13-raqam bilan o‘yinga tushishi ma’lum bo‘ldi.

“Barselona” may oyida yana bir darvozabon Mark-Andre ter Stegen bilan shartnoma imzolagan bo‘lib, jamoa posbonlari Viktor Valdes va Xose Pinto “Barsa”ni tark etgan.