Xalqaro tennis turnirlarida muvaffaqiyatli qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi peshqadamlari Denis Istomin va Farrux Do‘stov dunyo tennis tasnifi — ATP reytingida bir necha pog‘onaga ko‘tarildi. Bu haqda 12news.uz xabar berdi.

Farrux Do‘stov va Denis Istomin. Foto: anons.uz

Farrux Do‘stov va Denis Istomin. Foto: anons.uz

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Londondagi Uimbldon musobaqasi natijalaridan so‘ng olti pog‘onaga yuqorilab, dunyoning 39-raketkasiga aylandi.

Ikkinchi raqamli tennischimiz Farrux Do‘stov esa AQShning Uinnetka shahridagi “Chellenjer” turnirida asosiy raqibdan bir qadam ortda qolishiga qaramay, ATP reytingida 11 pog‘onaga ko‘tarilib, 142-o‘rinni egalladi. Bu Do‘stovning shu kunga qadar erishgan eng yaxshi natijasi sifatida qayd etildi.