Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCh — 2014 musobaqasida aldab o‘tish va golli vaziyatlar yaratish bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lib turibdi, deya xabar beradi Stadion.uz.

Foto: fcbarcelona.com

Foto: fcbarcelona.com

27 yoshli futbolchi dribling yordamida 29 marta raqiblaridan o‘tib ketgan va raqib maydonida 19 ta golli vaziyatlar yaratgan.

Shuningdek, u to‘rtta gol urib, Neymar va Tomas Myuller bilan to‘purarlar bahsida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.