Internetda Kanadaning NEOSSat sun’iy yo‘ldoshi orqali tasvirga olingan kadrlar paydo bo‘ldi. Unda 1999 RQ36 asteroidi hamda undagi ulkan qora piramidaga o‘xshash hosilani ko‘rish mumkin. Bu haqda Vesti.ru xabar berdi.

o_981761

Foto: vesti.ru

NASA astronom olimlari aytishicha, kosmik jismning diametri yarim kilometrdan oshadi. U to‘ppa-to‘g‘ri Yerga qarab harakatlanmoqda.

1999-yilda kashf qilingan ushbu asteroidning Yer bilan to‘qnashish ehtimoli to‘rt mingga birga teng. Agar ushbu obyekt sayyoramiz bilan to‘qnashgan taqdirda ham, bu 2169-yildan so‘ng sodir bo‘ladi.

NASA mutaxassislari 2016-yilda asteroid yuzasiga sun’iy yo‘ldosh yuboradi. U 2020-yilda obyektga yaqinlashib, 2023-yilda qaytib keladi.