15-iyul kuni Moskvaning “Slavyan sayilgohi” (“Slavyanskiy bulvar”) — “G‘alaba bog‘i” (“Park Pobedi”) metro yo‘nalishida signalizatsiya tizimining ishlab ketishi natijasida harakatlanayotgan poyezd keskin to‘xtab, vagonlari relsdan chiqib ketdi. Taxminlarga ko‘ra, ushbu hodisaga kuchlanishning sakrashi sabab bo‘lgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Slavyan sayilgohi” (“Slavyanskiy bulvar”) metro bekati. Foto: ria.ru

“Slavyan sayilgohi” (“Slavyanskiy bulvar”) metro bekati. Foto: ria.ru

Bugun soat 08:39 (Toshkent vaqti bilan 09:39)da Moskvadagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarmasiga Arbatsko-Pokrovskiy metro liniyasida harakatlanayotgan poyezd yo‘lovchisi qo‘ng‘iroq qilib, poyezdning keskin to‘xtab qolgani haqida xabar berdi.

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

08:45 da voqea sodir bo‘lgan joyga qutqaruvchilar yetib keldi.

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 16 yo‘lovchi halok bo‘lgan va bir necha o‘nlab kishi jarohatlangan. Qurbonlar soni o‘sib bormoqda.

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

Voqea sodir bo‘lgan joyga “Birinchi yordam” ko‘rsatuvchi 60 brigada, jarohatlanganlarni shifoxonaga yetkazish uchun bir necha vertolyot jalb etilgan.

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

Sodir bo‘lgan voqeaning rasm va tafsilotlari qisqa muddatda ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqaldi.

Foto: twitter.com

Foto: twitter.com