Britaniya hukumati sun’iy yo‘ldoshlarni koinotga jo‘natish, shuningdek sayyohlarni kosmik kemalarda uchirish uchun mamlakatda kosmodrom qurmoqchi. Bu haqda g‘aznachilik bosh kotibi Denni Aleksander e’lon qildi. Yangi milliy kosmodromni 2018-yilgacha qurib bitkazish rejalashtirilgan, deb yozadi “ITAR-TASS”.

3793430

Denni Aleksander. Foto: “ITAR-TASS”

Buyuk Britaniya hukumati baza joylashishi mumkin bo‘lgan sakkizta manzildan iborat ro‘yxat tuzdi. Ularning barchasi harbiy aerodromlardir. Ro‘yxat 15-iyul kuni Farnborodagi kosmik ko‘rgazmada oshkor etiladi.