14-iyul kuni Ruminiya prezidenti Trayan Beseskuning ukasi Mirchaga nisbatan Konstansa shahar sudi tomonidan ayblov qo‘yildi, deya xabar berdi “ITAR-TASS” Reuters’ga tayanib.

3766778

Trayan va Mircha Besesku. Foto: itar-tass.com

U 250 ming yevro (341 ming dollar) miqdorida pora olganlikda ayblandi.

Eslatib o‘tamiz, Mircha Besesku iyun oyi oxirida Ruminiyada korrupsiyada gumon qilinib, hibsga olingan edi.

U obro‘-e’tiborli jinoyatchi — Sandu Angelning ozod etilishi evaziga pora olganlikda ayblanmoqda.

Mahalliy OAVlar yashirin kamera orqali olingan videoyozuvni e’lon qilishganidan so‘ng, Mircha Beseskuni hibsga olish haqida qaror qabul qilingan. Unda Ruminiya rahbarining ukasi qotillik uchun jazolangan jinoyatchi ozod etilgan taqdirda katta rag‘bat berilishini aytgan. Bunda u o‘z akasining ta’siridan foydalanmoqchi bo‘lgan.