2014-yil oxiri — 2015-yil boshida MDH davlatlari xalqaro aloqa xizmatlari, jumladan rouming xizmati ko‘rsatishda operatorlararo o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tamoyillari haqida bitim imzolamoqchi. Bu haqda Qozog‘iston aloqa va axborot davlat agentligi rahbari Askar Jumagaliyev Ostonada bo‘lib o‘tgan Mintaqa hamdo‘stligining aloqa ma’muriyatlari rahbarlarining 49-kengashida aytgan nutqiga tayanib, Interfax xabar berdi.

1395931115-9501-ekspertyi-skepticheski-otnosyatsya-k-byistromu-perehodu-na-bolee-skorostnoy-mobilnyiy-internet-wwwgazetalv

Foto: unian.net

Askar Jumagaliyevning aytishicha, ushbu bitimni amalga oshirish orqali MDH davlatlarida roumingdagi suhbatlar narxini pasaytirish mumkin. “Biz hamkasblar bilan ushbu bitimni shu yil oxiri yoki kelasi yil boshida imzolashga kelishdik”, — dedi u.

Aloqa sohasidagi mintaqaviy hamdo‘stlik elektr va pochta aloqasi hamda axborotlashtirish sohalarida muvofiqlashtiruvchilik vazifasini bajaruvchi xalqaro tashkilotdir. U Ozarboyjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston kabi MDHning 12 davlatini birlashtiradi.