O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan model Viktoriya Snisarenko “Yevroosiyo go‘zali — 2014” tanlovining g‘olibi deb topildi. Bu haqda Anhor.uz xabar beradi.

Foto: miss-eurasia.com

Foto: miss-eurasia.com

Turkiyaning Antaliya shahrida oltinchi marta o‘tkazilgan mazkur tanlovda 24 ta davlat ishtirokchilari qatnashdi.

Foto: miss-eurasia.com

Foto: miss-eurasia.com

Tadbir davomida “Yevropa go‘zali” deb ukrainalik nomzod topilgan bo‘lsa, gruziyalik qatnashchi “Osiyo go‘zali”ga aylandi.

Foto: miss-eurasia.com

Foto: miss-eurasia.com

O‘zbekistonlik qatnashchi Snisarenko esa asosiy “Yevroosiyo go‘zali — 2014” unvonini qo‘lga kiritdi.