Hindistonning Ratlam shahrida istiqomat qiluvchi 85 yoshli ayol uyiga bostirib kirgan o‘g‘rilarga qarshilik ko‘rsatdi. Bu haqda Bhaskar nashri xabar berdi.

Foto: bhaskar.com

Foto: bhaskar.com

Huquq-tartibot organlari xodimlar kelguniga qadar keksa ayol o‘g‘rilarga chelak va tayoq bilan zarba bergan. Politsiya uchastkasida shaxslarni kimligini aniqlash jarayonida esa jazo sifatida ularni o‘tirib-turishga majbur qilgan.

Foto: bhaskar.com

Foto: bhaskar.com

Aniqlanishicha, o‘g‘rilar uyga kirishga urinayotganda ayolni uyg‘otib yuborgan. Avvaliga kampir ularga qarata chelak otgan. O‘g‘rilardan biri uning qo‘lidan ushlab qolgach esa, ayol tayoq bilan ura boshlagan. Bir necha daqiqada yetib kelgan politsiyachilar shovqinni eshitgan qo‘shnilar tomonidan chaqirilgan.

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u yolg‘iz yashaydi. Turmush o‘rtog‘i vafot etgan, to‘rt nafar farzandi esa Mumbayda ishlaydi.

Foto: bhaskar.com

Foto: bhaskar.com

Politsiya xodimlari ayolning dovyurakligi uchun minnatdorchilik bildirib, unga 5000 rupiy (80 dollar atrofida) mukofot berdi.