Bugun, 24-iyul kuni Hindiston markazidagi Telengan shtatida temiryo‘l tarkibi maktab avtobusi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: fototelegraf.ru

Foto: fototelegraf.ru

Nazorat qilinmaydigan chorrahada yo‘lovchi poyezdi avtobusga urilib, uni bir necha yuz metr masofaga surib borgan. Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda kamida 32 nafar o‘quvchi bo‘lgan.

Halokat natijasida avtobus haydovchisi bilan birgalikda 25 nafar bola halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Poyezd yo‘lovchilaridan hech biriga jarohat yetmagan.