Jazoirning Air Algerie aviakompaniyasi Burkina-Faso davlati poytaxti Uagadugudan yo‘lga chiqqan samolyot bilan aloqani yo‘qotib qo‘ygani haqida xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

1017347289

Ma’lum bo‘lishicha, aloqa parvozdan 50 daqiqa o‘tib yo‘qolgan. OAVlar xabarlariga ko‘ra, Jazoirning A320 avialayneri bortida kamida 112 yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning to‘rt nafarigina Jazoir fuqarolari ekani ta’kidlanmoqda.