Bugun, 24-iyul kuni Jazoirning Air Algerie aviakompaniyasi samolyoti Niger respublikasining poytaxti Niamey shahri yaqiniga quladi. Bu haqda GlobalScanner tvitteriga asoslanib, Gazeta.ru xabar berdi.

Foto: gazeta.ru

Foto: gazeta.ru

Ma’lum qilinishicha, samolyot bortida 110 yo‘lovchi va olti nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Taxminlarga ko‘ra, aviahalokatga kuchli momaqaldiroq sabab bo‘lgan.

Avval xabar berilganidek, bugun Jazoirning Air Algerie aviakompaniyasi Burkina-Faso davlati poytaxti Uagadugudan yo‘lga chiqqan samolyot bilan aloqani parvozdan 50 daqiqa o‘tib, yo‘qotib qo‘ygan edi.