BMT bosh kotibi Pan Gi Mun G‘azo sektoridagi BMTning Yaqin Sharq agentligiga qarashli, falastinlik qochoqlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan maktablarda raketalar saqlanganidan keskin norozi bo‘ldi. BMT rasmiy saytining yozishicha, ushbu raketalar keyinchalik yo‘qolgan. Bu haqda “Kun” xabar berdi.

Isroil aviazarbasi natijasida G‘azodagi vayronagarchilik. Foto: AFP

Isroil aviazarbasi natijasida G‘azodagi vayronagarchilik. Foto: AFP

Pan Gi Munning qayd etishicha, ushbu holat uchun javobgar bo‘lgan shaxslar “maktablarni harbiy nishonga aylantirib, maktabdan boshpana topgan bolalar, BMT xodimlari va boshqa barchaning hayotini xavf ostiga qo‘yadi”.

“Pan Gi Mun BMTning qo‘riqlash va xavfsizlik masalalari bo‘yicha Departamentiga zudlik bilan BMT inshootlarida topilgan qurollarga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha reja ishlab chiqish haqida ko‘rsatma bergan”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, BMT kelajakda bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida hushyorlikni oshirish bo‘yicha aniq qadamlarni qo‘yadi.