Xitoy o‘z hududida raketaga qarshi mudofaaning yer usti tizimini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda XXR Mudofaa vazirligi rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

955862027

Foto: ria.ru

“Sinov maqsadi muvaffaqiyatli amalga oshdi”, — deyiladi xabarda. Vazirlik boshqa tafsilotlarni oshkor qilmagan.

Ta’kidlash joiz, ushbu sinovlar KXDR tomonidan ballistik raketalar otilishi hamda Xitoy va uning Janubiy Xitoy dengizidagi qo‘shnilari bilan hududiy nizolari tufayli mintaqada vaziyat keskinlashuviga javoban o‘tkazildi.