Xitoyning Chjeszyan provinsiyasidagi jamoat bog‘ida ko‘p vazifani bajaruvchi hojatxona ochildi. Sinxua agentligining axborot berishicha, uning dam olish joyi bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

Xanchjou shahridagi mazkur hojatxona dush kabinalari, skameykalar, divan, stol, bolalar krovati va televizor bilan jihozlangan. Bino gullar bilan bezatilgan, devorlarga suratlar osilgan.

Barcha qo‘shimcha qulayliklar alohida dam olish zonasida joylashgan.