Markaziy Amerikadan kelib noqonuniy yashayotgan bolalar AQShdan o‘z yurtlariga qaytarib yuboriladi. Bu haqda Barak Obama bayonotiga tayanib, “ITAR-TASS” xabar berdi. Ushbu masalani hal qilish uchun Oq uy xo‘jayini Kongressdan 3,7 milliard dollar so‘ragan.

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

O‘tgan yilning oktabridan buyon AQShning janubiy chegarasida chegara xizmati tomonidan bir necha o‘n minglab bolalar tutib olingan. Ular kattalar hamrohligisiz AQSh hududiga o‘tmoqchi bo‘lgan.

“Bu yerga noqonuniy ravishda kelgan bolalar o‘z vatanlariga qaytariladi”, — deya ta’kidladi Obama. Shu bilan birgalikda u ushbu davlatlardagi nochorlik va zo‘ravonlikka qarshi kurashish kerakligini aytdi. AQSh prezidentining aniqlik kiritishicha, voyaga yetmagan muhojirlarning bir qismigina qochoq statusiga ega bo‘lishi mumkin.