HAMAS harakati G‘azo sektorida Isroil bilan yangi 24 soatlik gumanitar sulh tuzishga rozi bo‘ldi. Bu haqda, Reuters axborotiga ko‘ra, harakatning rasmiy vakili Sami Abu Zuhriy ma’lum qilgan, deb xabar berdi “Kun”.

Foto: AFP / “Kun”

Foto: AFP / “Kun”

“BMTning taklifiga javoban, hozirgi holatimizdan kelib chiqib, qarshilik fraksiyalari orasida 27-iyul, yakshanba kuni soat 14:00da (Toshkent vaqti bilan 16:00da) boshlanadigan 24 soatlik gumanitar sulhni ma’qullash haqida qaror qabul qilindi”, – dedi u.

Avvalroq, Isroil mudofaa vazirligi Isroil hududiga qarata amalga oshirilayotgan raketa zarbalari sabab, G‘azo sektoridagi harbiy operatsiyani qayta boshlash haqida qaror qabul qilgandi.