2012-yil 23-iyulda Quyoshdan tarqalgan plazmali ikkita bulut Yerga juda yaqin masofada uchib o‘tgan. Bu haqda NASA’ning ma’ruzasida ma’lum qilindi. Agarda hodisa bir hafta avval sodir bo‘lganida ushbu bulut qaytarib bo‘lmas oqibatlarni keltirib chiqargan bo‘lar edi.

Foto: delfi.ee

Foto: delfi.ee

“Rossiyskaya gazeta” yozishicha, koronal massa ajralmasi deb atalayotgan ushbu narsa halokatli texnik oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Bulutdan tarqalayotgan magnit maydoni Yerdagi barcha elektron kommunikatsiyalarni ishdan chiqarib, amerikalik ekspertlar ta’kidlaganidek, sivilizatsiyani bir necha asr orqaga qaytargan bo‘lar edi. Bulut keltirgan zarar taxminan ikki trillion dollarni tashkil etishi mumkin edi.

2012-yil yozida sodir bo‘lgan quyosh bo‘roni so‘nggi 150 yil ichidagi eng kuchlisi bo‘lgan edi. U 1859-yildagi “geomagnit superbo‘roni” bilan tenglashtirildi. O‘shanda Yevropa va Shimoliy Amerikadagi telegraf tizimi to‘xtab qolgan edi.