Slovakiyaning yangi saylangan prezidenti Andrey Kiska o‘zining 5376 yevroga teng ilk maoshini kambag‘al va xasta kishilarga taqsimlab berdi. Bu haqda uning matbuot kotibi Peter Petrus xabariga tayanib, “Rossiyskaya gazeta” ma’lum qildi.

5784d5fbf6506867fcaaae09cc8

Foto: kapital.kz

“Sakkizta oilaning bank hisoblariga 537 yevrodan o‘tkaziladi, bunday hisobga ega bo‘lmagan yana ikkita oilaga mablag‘lar pochta orqali yuboriladi”, — dedi Petrus.

Pulga muhtoj oilalarni Prezident bir nechta xayriya tashkilotlari orqali tanlab oldi.

Kiska Slovakiyadagi mezonlar bo‘yicha ancha badavlat kishi. U taxminan 6—7 million yevroga teng mol-mulkka egalik qiladi. Siyosatga kirib kelguniga qadar u biznes bilan shug‘ullangan va ikkita kompaniya egasi bo‘lgan.