Apple mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan ikkita kimyoviy modda xavfli deb topilgan va kompaniya ularning o‘rnida boshqa moddalarni ishlatishga qaror qilgan. Bu haqda Associated Press ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

Foto: Apple

Foto: Apple

Inson salomatligi uchun zararli deb hisoblangan bu moddalarning biri benzol, u insonda leykemiya kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Ikkinchisi esa n-geksan moddasi bo‘lib, u insonlarning asab tizimiga zarar ko‘rsatadi.

To‘rt oy davomida Apple kompaniyasiga tegishli 22ta zavodda tekshiruv olib borildi va ushbu moddalar ta’sirida 500 ming nafar ishchining sog‘ligiga zarar yetkazishi mumkinligi aniqlandi. 18 ta zavodda bu moddalar ishlatilgani tasdiqlanmagan bo‘lsa, qolganlarida xavfsizlik choralari yaxshi ko‘rilgan bo‘lgan.

Shunday bo‘lsada, Apple mahsulotlarini ishlab chiqarishning yakuniy bosqichida bu moddalardan umuman foydalanmaslikka qaror qildi. Endilikda Apple barcha zavodlar ushbu moddalarni ishlatmasligini nazorat ostiga oladi.

Apple mahsulotlarini ishlab chiqarishning ilk bosqichida benzol va n-geksan moddalaridan foydalanishga ruxsat berilgan.