LG kompaniyasi LG G3 smartfonini “Barcha geniallik — oddiylikda” shiori bilan ishlab chiqdi. Smartfonning dunyoda birinchi bo‘lgan mukammallashgan, OIS+ texnologiyali 13 megapikselli kamerasi innovatsion lazerli avtofokus bilan ta’minlangan. Lahzalik lazerli fokuslash atigi  0.237 soniya ichida amalga oshiriladi.

LG G3 smartfoni. Foto: LG

LG G3 smartfoni. Foto: LG

G3 qurilmasidagi avtofokus hattoki yorug‘lik past sharoitlarda ham sifatli tasvir olish imkonini beradi. Lazer mustaqil ravishda kameradan obyektgacha bo‘lgan masofani o‘lchab, tasvirga olishning kerakli rejimini tanlaydi.

LG G3 smartfonidagi avtofokus. Foto: LG

LG G3 smartfonidagi avtofokus. Foto: LG

G3’ning intuitiv mikrofonlari esa tovushning optimal darajasini aniqlash va maksimal tiniq ovoz yozilishi uchun atrof muhitni tahlil qiladi.

“Selfi” shinavandalari uchun LG G3 ishlab chiqaruvchilari 2.1 megapikselli yechimdagi bebaho frontal kamera yaratdi. “Selfi” standart rejimiga imo-ishoralar orqali boshqarish funksiyasi qo‘shilgan: kamera tasvirga olishga tayyor bo‘lganda, kaftni obyektivga ko‘rsatib siqish kerak, xolos. Kamera shu zahoti suratga olish uchun uch soniyalik teskari sanashni ishga tushiradi.

LG G3 smartfoni. Foto: LG

LG G3 smartfoni. Foto: LG

Bu texnologiya foydalanuvchini smartfon ushlab turgan qo‘li bilan tasvirga olish zaruratidan xalos etadi. Bu esa suratlarning surkalib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bundan tashqari, mukammallashtirilgan LG G3 frontal kamerasi yaxshi yorug‘lik bo‘lmaganda ham yuqori sifatli suratlar olish imkonini beradi. Kamera fotosurat yaratish uchun optimal rejimni tanlab, tasvirga olish sharoitlariga moslashadi. Agar rasm to‘qroq bo‘lsa, uni maxsus ilovada osonlik bilan tuzatish mumkin.

Barcha tasvirga olingan video va fotosuratlarni telefonda bemalol saqlash mumkin. Negaki, G3 smartfoni so‘nggi texnologiyadagi himoya bilan ta’minlangan. Knock Code funksiyasi smartfonni atigi bir nechta teginishlar bilan ochish imkonini beradi. Ushbu gadjetga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan himoyaviy parollar soni 86 000 dan oshadi.

LG G3 ning asosiy tavsiflari:

  • Chipset: Qualcomm Snapdragon™ 801 (to‘rt yadroli, 2,5 GGs gacha)
  • Displey: 5.5-dyuymli Quad HD IPS (2560 x 1440, 538ppi)
  • Xotira: 16/32 GB EMMC ROM / 2/3GB operativ xotira DDR3 / slot MicroSD (128 GB maks.)
  • Kamera: asosiysi  — 13.0 megapiksel, OIS + va lazerli avtofokuslash bilan / Frontal — 2.1 megapiksel
  • Batareya: 3000 mAch (yechiluvchi)
  • Operatsion tizim: Android 4.4.2 KitKat
  • O‘lchamlari: 146,3 x 74,6 x 8,9 mm
  • Vazni: 149 gramm
  • Tarmoq: 4G / LTE / HSPA + 21 Mbit (3G)
  • Ulanish: Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac, Bluetooth Smart Ready (apt-X), NFC SlimPort, A-GPS/Glonass, USB 2.0
  • Ranglari: metallsimon qora, ipaksimon oq, nur sochuvchi tillarang
  • Boshqalar: aqlli klaviatura, Smart xabarlari, Knock Code™, Mehmon rejimi.