So‘nggi tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra yangi iPhone smartfonlarining batareya sig‘imi kattaroq bo‘ladi va ularning quvvati uzoqroqqa yetadi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

Foto: Phonearena.com

Foto: Phonearena.com

Taxminlarga ko‘ra, 4,7 dyuymli iPhone 6 smartfonining batareyasi 1810 mA·soat quvvatga ega bo‘lsa, 5,5 dyuymli planshetofonining batareyasi esa 2915 mA·soat quvvatga ega bo‘lishi mumkin.

Taqqoslash uchun, Samsung Galaxy S5 va yaqinda taqdim etilgan Samsung Galaxy Alpha smartfonlarining batareyalri quvvati, tegishlicha, 2800 va 1860 mA·soatni tashkil etadi.

Shuningdek, katta displeyli Apple gadjeti iPhone 6L deb nomlanishi taxmin qilinmoqda. Avvalroq Apple kompaniyasining yangi smartfonlari iPhone 6 deb nomlanmasligi haqidagi taxminlar xabar qilingan edi.