2014-yil 16-avgust kuni Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakatdagi “Turkmanistonning davlat mukofotlari to‘g‘risidagi ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” nashri xabar bermoqda.

“Prezident yulduzi” ordeni. Foto: chrono-tm.org

“Prezident yulduzi” ordeni. Foto: chrono-tm.org

Qonun “Prezident yulduzi”, “Oltin asr”, “Uyg‘onish” singari bir qator davlat mukofotlarining yangicha ta’riflanishini tasdiqladi.

“Oltin asr” ordeni. Foto: chrono-tm.org

“Oltin asr” ordeni. Foto: chrono-tm.org

Qonunga muvofiq, bundan buyon medal va ordenlarda Turkmaniston birinchi prezidenti — Saparmurot Niyozovning bo‘rtma rasmi emas, monument va otlar tasvirlanadi.