Gionee nomli Xitoy kompaniyasi eng ingichka smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zining avvalgi rekordini yangiladi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

Foto: Phonearena.com

Foto: Phonearena.com

Gionee kompaniyasining avvalgi eng ingichka Elife S5.5 smartfoni 0,22 dyuym – 5,5 millimetr qalinlikka ega edi. Endilikda esa ushbu kompaniya yangi Gionee Elife S5.1  smartfonini taqdim etdi va bu smartfonning qalinligi 0,2 dyuym – 5,15 millimetrni tashkil etadi.

Gionee Elife S5.1 smartfoni 139,8×67,4×5,15 millimetr o‘lchamga ega. Unda 4,8 dyuymli AMOLED displey, 5 megapikselli old va 8 megapikselli orqa kamera, 1,2 GGs chastotaga ega Snapdragon 400 protsessori, 1 Gb tezkor va kengaytirib bo‘lmaydigan 16 Gb ichki xotira, 2100 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilgan. Smartfon Android 4.3 operatsion tizimida, Amigo 2.0 interfeysida ishlaydi.

Smartfon maksimal ingichkalashtirilgan — agar u bundan ham ingichka bo‘lganida, unga USB va quloqchinni ulash uchun joy topilmay qolar edi :)

Gionee Elife S5.1 smartfoni Xitoyda sentabrdan sotila boshlanadi. Ammo uning narxi qancha bo‘lishi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Dunyodagi eng ingichka Elife S5.1 smartfonining suratlarini ushbu manbada tomosha qilishingiz mumkin.