4-sentabr kuni Microsoft kompaniyasi Lumia 730 — “selfi telefoni”ni taqdim etadi. Shu bois ushbu smartonning reklama banneri chiqarildi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

Foto: Phonearena.com

Foto: Phonearena.com

“Selfi telefoni”ning reklama banneri ham selfi surat asosida qilingan. Hozircha smartfon haqida to‘liq ma’lumotlar berilmagan. Biroq, u 4,7 dyuymli displey, 5 megapikselli old kameraga ega bo‘lishi va unda Windows Phone 8.1 operatsion tizimi o‘rnatilishi kutilmoqda.

Albatta, Lumia 730 smartfoni “selfi telefoni” nomiga munosib bo‘lishi uchun uning old kamerasiga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Chunki, so‘nggi ikki yil davomida selfi suratlar olish ommalashdi va hozirda deyarli har bir odamning ijtimoiy tarmoqlardagi profilida o‘z selfisini uchratish mumkin.