Avgust oxirida Toshkentning Qorasuv-6 dahasida Lada rasmiy saloni ochildi, deya xabar bermoqda Podrobno.uz. Dilerdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, model lineykasidan avvalgidek Lada Kalina, Lada Priora va Lada Granta o‘rin olgan. Ayni paytda salonda faqat Lada Kalina’ni xarid qilish mumkin, qolgan ikkita model esa shu yilning oktabrida sotuvga chiqadi.

Foto: my-italia.us

Foto: my-italia.us

Avtosalon xodimining ta’kidlashicha, barcha modellar yangilangan va mukammallashtirilgandir. Avtomobillar narxi 14 ming dollardan 16 ming dollargacha. Rossiya avtosanoatidagi yangi Lada Vesta avtomobili esa hozircha O‘zbekistonga keltirilishi kutilmayapti.

Nashrning eslatishicha, Rossiya avtomobillari o‘tgan yil boshida O‘zbekiston bozoridan yo‘qolgan edi. Rasmiy dilerlar mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan narx bo‘yicha raqobatga dosh bera olmagach, avtosalonlar birin-ketin yopilgan edi.