Bugun FILA Byurosidagi yettita o‘rin uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi. Mazkur yetti o‘ringa 20 nafar nomzod da’vogarlik qildi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.

Axrol Ro‘ziyev. Foto: olamsport.com

Axrol Ro‘ziyev. Foto: olamsport.com

Saylovda Kongressning 124 delegati ishtirok etdi. Eng ko‘p ovozni Mixail Mamiashvili oldi — 87 ta. Olimpiada chempioni hisoblangan Mamiashvili hozirda Rossiya sport kurashlari federatsiyasining prezidentidir. U FILA Byurosidagi vitse-prezidentlik statusini saqlab qoldi.

Italiyalik Marina De Bussolo Pellikone avtomatik tarzda Byuro a’zoligiga kiritildi. O‘zbekistonlik Axrol Ro‘ziyev Mamiashvilidan bor-yo‘g‘i bitta kam ovoz olib, u ham vitse-prezidentlik lavozimiga qayta saylandi. Bolgariyalik Seno Senov ham 86 ta ovoz to‘pladi.

Ikkinchi turda esa Pedro Gama Filyo (Braziliya), Karl-Martin Ditman (Germaniya) hamda Xideaki Tomiyama (Yaponiya) g‘olib chiqdi va FILA Byurosiga saylandi. Vengriyalik Chaba Xegedyush esa FILA Byurosidagi o‘rnini bo‘shatib qo‘ydi.