7-sentabr holatiga ko‘ra Android, iOS va Windows Phone operatsion tizimida ishlaydigan bepul hamda arzonlashtirilgan dasturlar e’lon qilindi. Bu haqda Mail.Ru sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

Android

Assasin’s Creed: Pirates – Qaroqchilar jangi haqidagi ushbu o‘yin 4,55 dollardan sotilgan va hozirda uni bepul yuklab olish mumkin.

ProCapture – ushbu kamera dasturida uchta suratni birlashtirish, 12 tagacha suratdan panorama tasvir hosil qilish kabi funksiyalar mavjud. U 3,82 dollardan sotilgan va hozirda arzonlashgan, uni yuklab olish uchun 99 sent to‘lash kerak bo‘ladi.

Google Play’dan skrinshot

Google Play’dan skrinshot

iOS

BlackShark – “Qora akula” nomli jangchi vertolyot haqidagi o‘yin. U 2,67 dollardan sotilgan va hozirda uni bepul yuklab olish mumkin.

Sago Mini Monsters – 2 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘yini. Uning ham narxi 2,67 dollar bo‘lgan va hozirda bepul yuklab olish imkoniyati yaratilgan.

Mail.Ru saytidan skrinshot

Mail.Ru saytidan skrinshot

Windows Phone

Spelmy – 1,86 dollardan sotilgan ushbu o‘yin hozirda 92 sentdan sotilmoqda. Unda bo‘g‘irsoq sarguzashtlari aks etadi.

Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi dasturlar qancha paytgacha arzon yoki bepul ko‘rinishda bo‘lishi haqida ma’lumotlar berilmagan.