Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani markazidagi 18-bolalar musiqa va san’at maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

Buxoro viloyati. Foto: vvirtualtourist.com

Buxoro viloyati. Foto: virtualtourist.com

Bir yuz ellik o‘rinli mazkur maktabda yoshlar o‘zbek milliy va zamonaviy cholg‘u asboblari, an’anaviy xonandalik, raqs, estrada, tasviriy va amaliy san’at va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim-tarbiya olmoqda. Dargohning yangi binosida har bir yo‘nalish bo‘yicha sinf xonalari, zamonaviy konsert zali mavjud. Tez orada bu yerda haykaltaroshlik va ganch o‘ymakorligi guruhlari ham tashkil etiladi.

Yaqinda, shuningdek, Qorako‘l, Jondor tumanlari va Buxoro shahrida ham bolalar musiqa va san’at maktablarining yangi qurilgan hamda rekonstruksiya qilingan binolari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.