Samsung Galaxy Note 4 taqdim etilishidan oldin, kompaniya barcha reklama va video-roliklarni uning S Pen (ruchka) gadjetiga bog‘lagan edi. Va nihoyat gadjet taqdim etildi va S Pen undagi asosiy jihat bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bois Samsung S Pen gadjetining funksiyalari tasvirlangan video-rolikni taqdim etdi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

Galaxy Note 4’dagi S Pen gadjeti bilan qilinadigan ishlar Galaxy Note3’dagidan ko‘ra ikki barobar tezroq amalga oshiriladi. Shuningdek, yangi S Pen gadjetida kompyuter sichqonchasining ayrim funksiyalari o‘rnatilgan. Masalan, planshetofon displeyidagi bir qancha narsalarni birdan belgilash, ularni tahrirlash yoki boshqa joyga ko‘chirish mumkin.

Samsung Galaxy Note 4 oktabrdan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Planshetofonining texnik xususiyatlarini o‘qishni va suratlarini tomosha qilishni tavsiya qilamiz.