Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan FIDE Gran-Prisining so‘nggi oltinchi bosqich musobaqalari nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.

Foto: olympic.uz

Foto: olympic.uz

Ushbu bosqichda dunyoning 12 nafar grossmeysteri ishtirok etdi va 11 turdan iborat musobaqalar yakunlariga ko‘ra xitoylik Chju Venjun va Xou Ifan 8,5 tadan ochko jamg‘arib, mos ravishda birinchi va ikkinchi o‘rinni egalladi. Hindistonlik Xarika Dronovalli esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Xitoylik Xou Ifan barcha bosqich musobaqalarining yakunlariga ko‘ra g‘oliblikka erishdi.

Oltinchi bosqich musobaqasining yakunlariga ko‘ra, musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Nafisa Mo‘minova 11 partiyaning oltitasida durang natijani qayd etib, uch ochko bilan 11-o‘rinni band etdi.